Bosh sahifa Imtihon Biletlar Mavzular Xatolarim Tanlanganlar Marafon Express Shpargalka Yo'l belgilari Eng ko'p xatolar Kirish

2-bilet savollari — prava shablon 2026

Rasmiy avtotest bileti: 20 ta YHQ savoli rasmlari va javob variantlari bilan. Savollarni o'qib chiqing, so'ng testni onlayn yeching — javoblar darhol tekshiriladi va xatolaringiz saqlanadi.

2-bilet testini boshlash →

1.Haydovchi o'z harakati yo'nalishidan qatiy nazar kimga transport vositasini taqdim etishi kerak?

  1. AYo'l xizmati xodimlariga
  2. BTibbiyot xodimlariga zudlik bilan tibbiy yordamga muxtoj bo'lgan fukarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun

RU: Кому водитель должен предоставить свое транспортное средство независимо от направления движения?

2.Qaysi yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?

Qaysi yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. AFaqat « Б »
  2. BFaqat « А »
  3. C« А » va « Б »
  4. D« А », « Б », « В » va « Г »
  5. E« А », « Б » va « В »

RU: В каких направлениях разрешено движение?

3.Qaysi belgi qarama-qarshi harakatlanishning ustunligini bildiradi?

Qaysi belgi qarama-qarshi harakatlanishning ustunligini bildiradi?
  1. A1
  2. B2
  3. C3
  4. D4
  5. E5

RU: Какой знак обозначает преимущество встречного движения?

4.Qaysi belgi Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilaydigan talablarning bekor kilinishini ko'rsatadi?

Qaysi belgi Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilaydigan talablarning bekor kilinishini ko'rsata...
  1. A1
  2. B2
  3. C3
  4. D4
  5. E5

RU: Какой знак указывает место; с которого на данной дороге утрачивают силу требования правил; устанав­ливающие порядок движения в населенных пунктах?

5.O'ngga burilganda shu belgi bilan belgilangan bo'lakka o'tishga ruxsat etiladimi?

O'ngga burilganda shu belgi bilan belgilangan bo'lakka o'tishga ruxsat etiladimi?
  1. ARuxsat etiladi
  2. BTaqiqlanadi
  3. CAgar bo'lak qolgan harakat qismidan yotiq uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan bo'lsa, ruxsat etiladi

RU: Разрешается ли заезжать на полосу; обозначенную этим знаком при повороте направо?

6.Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:
  1. ATramvay va avtobus, engil avtomobil
  2. BTramvay, engil avtomobil, avtobus
  3. CEngil avtomobil, tramvay va avtobus

RU: Транспортные средства проедут перекресток в следующем порядке:

7.Avtomobilning qaysi gildiragi «sirpanib» tormozlanishga ko'proq moyil?

  1. AOrqa g'ildiraklar
  2. BOldingi g'ildiraklar

RU: Какие колеса автомобиля более подвержены торможению «со скольжением»?

8.Qaysi transport vositalarini qatnov qismning chetida ikki qator qo'yish mumkin?

  1. AKajavasiz motosikllar, mopedlar va velosipedlar
  2. BKajavali motosikllar
  3. C«Ногирон» taniqli belgisi bo'lgan engil avtomobillar
  4. DRuxsat etilgan to'la vazni 3,5 t. dan kam bo'lgan, bevosita trotuarlar bo'ylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat qiluvchi yuk avtomobillari

RU: Какие транспортные средства допускается ставить в два ряда на проезжей части?

9.Qo'l jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiygiziladi?

  1. AKiyim avval jarohatlangan qo'lga, so'ngra sog'iga kiydiriladi
  2. BKiyim ikkala qo'lga baravar kiydiriladi
  3. CKiyim avval sog' qo'lga, so'ngra jarohatlangan qo'lga kiydiriladi

RU: Как правильно надевается одежда при ранении руки?

10.Yuk transport vositasiga shunday joylashtirilishi kerakki, u:

  1. AYukxona devorlaridan baland chiqmasligi kerak
  2. BShovqin hosil qilmasligi, chang ko'tarmasligi va atrof-muxitni iflos qilmasligi kerak
  3. CTransport vositasining orqa o'lchamidan 0,8 m. dan ortiq chiqib turmasligi kerak

RU: Груз должен быть размещен на транспортном средстве таким образом, чтобы он:

11.Mazkur yo'l belgisi nimani bildiradi?

Mazkur yo'l belgisi nimani bildiradi?
  1. AYo'lning trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lgan qismini
  2. BYo'lning piyodalar o'tish joyi bo'lgan qismini

RU: Этот дорожный знак обозначает:

12.Qaysi transport vositalariga to'xtab turishga ruxsat etilgan?

Qaysi transport vositalariga to'xtab turishga ruxsat etilgan?
  1. AFaqat motosiklga
  2. BFaqat yuk avtomobiliga
  3. CFaqat engil avtomobilga
  4. DEngil avtomobil va motosiklga
  5. EBarcha transport vositalariga

RU: Каким транспортным средствам разрешена стоянка?

13.Ushbu yo'l belgisi nima haqida ogohlantiradi?

Ushbu yo'l belgisi nima haqida ogohlantiradi?
  1. ABir izli temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida
  2. BShlagbaum bilan jixozlanmagan bir izli temir yo'l kesishmasi borligidan
  3. CShlagbaum bilan jixozlanmagan ikki izli temir yo'l kesishmasi borligidan

RU: Этот дорожный знак предупреждает:

14.Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi bo'lib o'tadi?

Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi bo'lib o'tadi?
  1. AIkkinchi
  2. BBirinchi

RU: Зеленый автомобиль проедет перекресток:

15.Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositasiga harakatlanish ruxsat etiladi?
  1. AMotosiklga
  2. BYuk avtomobiliga
  3. CAvtobusga
  4. DEngil avtomobilga
  5. EEngil va yuk avtomobillariga

RU: Каким транспортным средствам разрешено движение?

16.Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?
  1. AMotosikl haydovchisi
  2. BAvtomobil haydovchisi

RU: Водитель какого транспортного средства должен уступить дорогу?

17.Harakat ikki tomonlama bo'lgan, uch bo'lakli yo'lda siz o'ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi bo'lakdan amalga oshirasiz?

  1. AO'ng bo'lakdan
  2. BO'rta bo'lakdan
  3. CO'ng yoki o'rta bo'lakdan
  4. DO'rta bo'lakdan, lekin faqat o'ng bo'lak band bo'lganda

RU: На дороге с двухсторонним движением, имеющей три полосы, Вам необходимо повернуть направо. С какой полосы Вы осуществите данный маневр?

18.Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida to'xtab turishga ruxsat etiladi?

  1. AHar bir yo'nalishda ikkitadan bo'lagi bo'lgan yo'llarda
  2. BHar bir yo'nalishda uchta va undan ko'p bo'lagi bo'lgan yo'llarda
  3. CFaqat bir tomonlama harakatli yo'llarda
  4. DYo'lning qatnov qismi kengaygan joylarda boshqa yo'l harakati qatnashchilariga halaqit bermaslik sharti bilan

RU: В каких местах разрешается стоянка транспортных средств под углом к краю проезжей части?

19.Suyak singanda qotirib bog'lash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qo'lay?

  1. ABint
  2. BGazmol
  3. CTaxta bo'lagi

RU: Какой материал лучше подходит для использования в качестве иммобилизирующей шины при переломе костей?

20.Kunning qorong'i vaqtida suniy yoritilmagan yo'llarda yoki etarli ko'rinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan to'xtab turish yoki tamirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?

  1. AAlohida ehtiyotkorlik bilan borishga ruxsat beriladi
  2. BTaqiqlanadi

RU: Разрешается ли следовать к месту стоянки или ремонта в темное время суток на дорогах без искусственного освещения или в условиях недостаточной видимости с негорящими задними габаритными огнями?

Avtotest va prava shablon haqida

AvtoBilim'da O'zbekiston haydovchilik guvohnomasi imtihonining 63 ta rasmiy bileti (prava shablon) jamlangan. Har bir biletda 20 ta savol bor; imtihonda 2 tagacha xato qilish mumkin.

Avtotestni onlayn yechib, real imtihon simulyatsiyasi, yo'l belgilari va xatolar ustida ishlash orqali imtihonga tez tayyorlaning.